
"Neftchi" o‘tgan yilgi to‘purar bilan shartnoma imzoladi
Farg‘onalik muxlislarning sevimli futbolchisiga aylanib ulgurgan va 2020 yil pro-liga mavsumida jamoa to‘purari bo‘lgan Doston Toshmatov yangi mavsumni ham “Neftchi” tarkibida o‘tkazadigan bo‘ldi. Boisi, bugun futbolchi bilan rasman 1 yillik shartnoma imzolandi.
Yangi futbol mavsumida Doston Toshmatovdan yorqin o‘yinlari orqali jamoamiz g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shishida omad va zafarlar tilab qolamiz, - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.
Fikrlar