
"Neftchi" "Navbahor" sobiq legionerini olib kelmoqchi
Tojikiston terma jamoasi futbolchisi Ehsoni Panshanbe faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishi mumkin.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning telegram kanalida yozishicha, tojikistonlik futbolchi ortga qaytib, O‘zbekistonda faoliyatini davom ettirish niyatida. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Ma’lumot uchun, Ehsoni mavsum boshida "Navbahor"dan Eronning "Zob Ahan" klubiga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar