
"Neftchi" legioner futbolchisi bilan rasman xayrlashdi! (Foto)
"Neftchi" ukrainalik legioner Yuriy Batyushin bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning boshlarida "Neftchi"ning Turkiyadagi yig‘inlariga kelib qo‘shilgan va shartnoma tuzgan ukrainalik yarim himoyachi Batyushin jamoani tark etdi.
Yuriy "Neftchi" tarkibida birinchi davraning 6 uchrashuvida asosan zaxiradan maydonga tushirilib, 68 daqiqa o‘ynagan, bir uchrashuvda golli uzatmaga mualliflik qilgan.
"Jamoamiz nomidan Yuriy Batyushinga minnatdorchilik bildirgan holda, unga keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar