"Neftchi" klubidan muxlislariga murojaat!

  • 22 mart, 2021, 10:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yilning 7 dekabr kuni O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi “Neftchi” – “Turon” uchrashuvi bo‘yicha o‘z qarorini chiqargan bo‘lib, unga ko‘ra, “Neftchi” PFL tomonidan o‘tkaziladigan keyingi rasmiy uch uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan.

Tecno

“Neftchi”ning  “Andijon”ga qarshi bo‘lib o‘tgan pley-off o‘yinini inobatga olsak, “Neftchi” – “Olimpik” va “Neftchi” – “Istiqlol” bahslari tomoshabinlarsiz o‘tishi kerak.

Shundan kelib chiqib, muxlislarimiz sevimli jamoamizning yuqorida aytib o‘tilgan uy uchrashuvlarini “Futbol TV” orqali soat 18:00 dan boshlab jonli efirda tamosha qilishlari mumkin.

“Neftchi” FK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!