"Neftchi" g‘alabani qo‘ldan chiqardi

  • 5 fevral, 2022, 21:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bugun ikkinchi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Ilhom Mo‘minjonov boshchiligidagi jamoa Qozog‘istonning “Aksu” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Tecno

Birinchi bo‘limda Ulug‘bek Hoshimovning golidan so‘ng “Neftchi” hisobda oldinga chiqib olgandi. Ikkinchi bo‘lim raqib jamoa hisobni tenglashtirdi va 1:1 hisobi uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi.

“Neftchi”: Mashhur Muhammadjonov, Darko Stanoevich, Husniddin G‘ofurov, Daniel Stoykovich, Mirzohid G‘ofurov, Lutfulla To‘raev, Aleksandr Eshich, Sirojiddin Qo‘ziev, Ulug‘bek Hoshimov, Oybek Qilichev, Husniddin G‘ofurov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To‘raev, Sherzod Karimov, Shodiyor Xojimatov, Umar Adhamzoda, Abdulloh Olimov, Marko Sharich, Izzatilla Abdullaev, Muhsin Ubaydullaev, Sunnatullo Abdullajonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!