
"Neftchi" futbolchisi Rossiya klublarini qiziqtirib qo‘ydi
“Neftchi” tarkibida o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan barchaning mehrini qozongan 24 yoshli Abror Ismoilov boshqa klublarning e’tiborini o‘ziga tortmoqda.
Gap shundaki, bugungi kunga kelib, ushbu yarim himoyachini o‘z safida ko‘rishni istayotgan jamoalar ortib bormoqda. Ayniqsa, xorijdan ham unga qiziqish bilan qarayotgan klublar ham bor.
Jumladan, “Metaratings” bergan ma’lumotga qaraganda, RPL klublari ham Abror Ismoilovga qiziqish bildirishmoqda. Bu erda gap RPL musobaqa jadvalining ikkinchi qismidan joy olgan ikkita klub haqida ketmoqda.
Shuningdek, Ismoilovga O‘zbekistondagi etakchi klublar va Osiyodagi bir qancha mamlakatlar vakillaridan qiziqish bor. Masalan, Malayziyadagi klublaridan biri ham futbolchining xizmatiga ko‘z tikmoqda.
Ma’lumot uchun, nihoyasiga etgan mavsumda Abror Ismoilov O‘zbekiston chempionatida 22 uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol kiritdi va 2 bor golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Ismoilov O‘zbekiston terma jamoasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushishga ham ulgurgan.
“Transfermarket” portali Ismoilovning transfer qiymatini 550 ming evro miqdorda baholamoqda.
Fikrlar