
"Neftchi" endi Superliganing eng qimmat futbolchisiga ko‘z tikmoqda!
Farg‘oaning “Neftchi” klubi chempionat tugab jamoalar xordiq chiqarayotgan hozirgi mahalda selektsiyada javlon urayotgan va faollik ko‘rsatayotgan klub sifatida barchada qiziqish uyg‘otmoqda. Har kuni yangi shartnoma imzolagan yoki shartnoma uzaytirilgani haqida xabar asosan “Neftchi”ga tegishli bo‘layotgani ham fikrimizga isbot bo‘la oladi.
Ko‘rinishidan farg‘onaliklar uchun bu boshlanishi. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, bu klub yanada kuchli va nomdor futbolchilar bilan muzokaralarga kirishgan. Ulardan biri hozirgi kunda Superliganing eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgan Odil Hamrobekovdir.
Aynan mazkur o‘yinchini “Neftchi” o‘z safiga taklif qilmoqda va muzokaralar jarayoni davom etayotgani xususida ma’lumotlar bor.
Yaqinda Transfermarkt portali O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning yangi narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Odil Hamrobekovning narxi 1,2 million evroga baholanmoqda.
Xo‘sh, “Neftchi” “Paxtakor” etakchisini o‘z safiga o‘tishga ko‘ndira oladimi? Voqealar rivojini kuzatish juda ham qiziq!
Fikrlar