
"Neftchi" bugun Ukraina klubi bilan o‘ynaydi
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Turkiyada qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan "Neftchi" jamoasi bugun navbatdagi nazorat o‘yinida Ukrainaning yana bir vakili "Zarya" futbol klubi bilan yuzlashadi.
Ukraina klubi haqida qisqacha ma’lumot. "Zarya" 1923 yilda tashkil topgan va joriy yilda 100 yillik yubileyini nishonlamoqda. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida, aniqroq qilib aytganda 1972 yilda jamoa chempionlikka erishgan.
Hozirgi kunda "Zarya" klubi Ukraina Premer ligasida ishtirok etib kelmoqda. Milliy chempionatlardagi qo‘lga kiritgan eng yuqori natijalari esa quyidagicha: 2016/2017, 2019/2020 va 2020/2021 yillarda bronza medallari sohibi. Shuningdek, 2015 va 2020 yillarda Ukraina kubogining finaligacha etib borgan.
Fikrlar