
Nazorat o‘yini. "Neftchi" Serbiya klubi bilan durang o‘ynadi
Xabaringiz bor, Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi ayni damda Antalyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Yig‘inlarning birinchi bosqichini yakunlayotgan "yo‘lbarslar" nazorat uchrashuvida Serbiyaning "IMT" klubi bilan o‘ynadi. Bellashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar bittadan gol urishga erishdi. Farg‘onaliklarning goliga gruziyalik legioneri Toma Tabatadze mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, "Neftchi" bugun 18:30 da ikkinchi bahsni Shimoliy Makedoniyaning "Sileks" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar