
Nazorat o‘yini. "Neftchi" Gruziya klubini mag‘lub etdi
Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Turkiyadagi yig‘inlar doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvini Gruziyaning "Kolxeti" jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Uchrashuvning 62-daqiqada gruziyaliklar hujumchisi himoyadagi xatodan unumli foydalangan holda hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib esa, Zoran Marushich hisobni tenglashtirdi. 74-daqiqada Zoran gruziyaliklar darvozasini yana aniq nishonga olib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Bellashuv so‘ngida Jamshid Iskanderov penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Shu tariqa, "yo‘lbarslar" nazorat uchrashuvida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar