
"Navruz Cup-2022". O‘zbekiston, Uganda va Qirg‘iziston terma jamoalari ham Namanganda tantanali kutib olindi
Avval xabar berganimizdek, Namangan “Navruz Cup-2022” xalqaro futbol turniriga mezbonlik qiladi.
Navbatdagi FIFA kunlari aynan Namanganda “Navruz Cup-2022” turniri tashkil etiladi. Mazkur musobaqada 4 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Kecha qo‘shni Tojikiston futbol terma jamoasi Namanganga etib kelgandi. Bugun xalqaro futbol musobaqasi navbatdagi ishtirokchilari – Uganda, Qirg‘iziston va O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari, turnir tashkilotchilari Namangan xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Terma jamoalar bugundan e’tiboran tayyorgarlikni boshlaydilar.
“Navruz Cup-2022” xalqaro turniri ishtirokchilarini kutib olish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuritdinov ishtirok etdi.
"Navbahor" matbuot xizmati.
Fikrlar