
Navoiy shahri MMA bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 17-18-19 dekabr kunlari Navoiy shahri aralash jang san’atlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.
Mazkur chempionatda 18-20 yoshdagi o‘g‘il-qizlar hamda 21 yoshdan katta erkak, ayollar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Musobaqa nizomiga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi janglar 10 ta vazn toifasida (52.2 kg, 56.7 kg, 61.2 kg, 65.8 kg, 70.3 kg, 77.1 kg, 83.9 kg, 93 kg, -120.2 kg, +120.2 kg) tashkil etiladi. Qizlar esa 6 ta vazn toifasida (47.6 kg, 52.2 kg, 56.7 kg, 61.2 kg, 65.8 kg, 70.3 kg) bellashadilar.
Shuningdek, ishtirokchilarning faoliyatida professional janglar o‘rin olmasligi ham qa’tiy tarzda belgilangan.
Fikrlar