
"Navbahor"ning sobiq legioner jamoaga qaytdi (Foto)
O‘zbekistonda yozgi transferlar mavsumi yopildi.
Oxirgi kuni "Navbahor" klubi o‘z safiga yana bir legionerni qo‘shib oldi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, namanganliklar Aleksandr Kasyanni AGMKdan ijaraga olishdi. Hujumchi mavsum oxiriga qadar "lochinlar" tarkibida to‘p tepadi.
Futbolchi avval ham "Navbahor"da faoliyat yurttgandi. Kasyan 2.5 yildan so‘ng namanganliklar safiga qaytdi.
Fikrlar