
"Navbahor"ning BAAdagi raqiblari ma’lum
"Navbahor" jamoasi a’zolari bugundan qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining ikkinchi bosqichini o‘tkazish uchun BAAning Dubay shahriga uchib ketishdi. Ushbu yig‘in 11 fevralga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Unda asosiy e’tibor o‘yin amaliyotiga qaratiladi va 5 ta nazorat-sinov uchrashuvlari o‘tkaziladi. "Lochinlar"ning BAAdagi barcha sparring raqiblari hamda o‘yinlar sanalari ma’lum bo‘ldi va quyidagicha ko‘rinishda:
1 fevral. “HNK Vukovar 1991” (Vukovar, Xorvatiya)
3 fevral. “Rodina” (Rossiya, Moskva)
4 fevral. “Urartu” (Erevan,Armaniston)
6 fevral. “Chengdu” (Chengdu, Xitoy)
9 fevral. “Royal” (Dubay, BAA).
Fikrlar