
"Navbahor"ni yana bir tajribali futbolchi tark etdi
Superliga yakunlanganidan so‘ng jamoalardagi keldi-ketdilar mavsumi boshlandi. Hozircha tarkibda eng ko‘p o‘zgarish "Navbahor"da bo‘lishi kutilmoqda.
"Lochinlar" a’zosi Quvondiq Ro‘ziev jamoani tark etdi. Bu haqda futbolchi instagramdagi sahifasida xabar berdi: "Hammasi uchun katta rahmat, mehnatimga rozi bo‘linglar", deb izoh qoldirdi.
Bir necha kun oldin “Navbahor” jamoasi g‘alabalariga munosib hissa qo‘shgan, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilar – darvozabon O‘tkir Yusupov hamda himoyachi Davronbek Hoshimov, shuningdek, 2021 yilgi mavsum ikkinchi davrasida “lochinlar” safiga qo‘shilgan serbiyalik himoyachi Boyan Tsiger keyingi mavsumda ham jamoa sharafini himoya qilishi xabar berilgandi. Ushbu futbolchilar bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.
Fikrlar