"Navbahor"ga yangi legioner keldi

  • 26 yanvar, 2023, 22:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazayotgan "Navbahor" jamoasi tarkibiga yangi legioner qo‘shildi. Bu chernogoriyalik markaziy himoyachi Milosh Milovich.

Mazkur futbolchi Chernogoriyaning Budva shahrida 1995 yilning 22 dekabr sanasida tug‘ilgan. Baland bo‘yli (1,89 sm.) himoyachi 2020 yildan beri Serbiya chempionatining oliy ligasida “Vojdovats” klubi sharafini himoya qilayotgandi. 2020 yilga qadar esa Milovich Chernogoriya oliy ligasida “Mogren” va “Kom” klublari sharafini himoya qilgan. 2014 yilgi mavsumni esa Milosh Finlyandiya yuqori ligasi vakili “Xonka” klubida o‘tkazgan. Ampluasi bo‘yicha markaziy himoyachi bo‘lgan 2012 yildan to hozirgi kungacha yuqorida nomlari qayd etilgan uchta davlat yuqori ligalarida umumiy hisobda 109 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga erishgan.

Tecno

Ayni paytda Chernogoriya terma jamoasiga nomzod hisoblangan Milosh 2011 va 2014 yillarda U-17 va U-19 terma jamoalari safida Evropa saralash turnirida ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!