
"Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabrda boshlaydi
Chempionatning oxirgi turida o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasiga yutqazib qo‘ygan “Navbahor” klubi qishki ta’tilga chiqib ketdi.
Xabaringiz bor, yangi mavsumdan jamoaga Samvel Babayan bosh murabbiylik qiladi. Shunday ekan, tarkibda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi shubhasiz. Kuni kecha xabar berganimizdek, O‘tkir Yusupov, Davron Hoshimov hamda Boyan Tsiger bilan shartnomalar uzaytirildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, “Navbahor” jamoasi 20 dekabrdan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlashni rejalashtirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda bir qator yangi o‘yinchilar bilan muzokaralar jarayoni davom etyapti. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar