“Navbahor” va “Neftchi” uchun vaziyat jiddiylashmoqda

  • 13 may, 2023, 23:18
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Neftchi” va “Navbahor” klublarining qarzlarini o‘z vaqtida bartaraf etmagani uchun transfer taqiqini joriy etganidan xabaringiz bor. Ushbu vaziyatni yaxshiroq o‘rganish maqsadida O‘FU rahbari Kamoliddin Murzoev bilan aloqaga chiqdik.

Tecno

Mutaxassisning ma’lum qilishicha, klublar nafaqat qarzlarni o‘z vaqtida to‘lamagan, balki O‘FAga nisbatan hurmatsizlik ham qilgan. Xo‘sh, vaziyat qay darajada chigal? Klublar transfer taqiqidan qutulib qolish uchun nima qilishi lozim? Shu mavzuga batafsil to‘xtalamiz.

komol

- “Nefchi” va “Navbahor”ga ogohlantirish xati yuborilganmidi? Nega ular bunga reaktsiya bildirgani yo‘q?

- Bu masalada biz klublarga yanvar-fevral oyida murojaat etganmiz. Farg‘ona klubi bilan biroz muddat muzokara ham olib bordik, ammo hech qanday javob bo‘lmaganigan so‘ng ish “Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha” qo‘mitasiga oshirildi. Aprel oyida qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Navbahor” klubidan hech kim ishtirok etmagan. Vaholanki, 10 kun avval ularga taklif jo‘natilgan. Natijada, 14 aprel kuni qaror chiqarilgan. Unga ko‘ra, qarzdor taraf 20 kunda klublar to‘lashi kerak bo‘lgan pullarni to‘lab berishi kerak bo‘lgan. Bu klublar tomonidan ishga noprofessional qarash, bizningcha.

- Ayni holatda klublar to‘lashi kerak bo‘lgan summaga endi jarima ham qo‘shiladimi? Ya’ni, endi bir necha barobar ko‘proq summa to‘lashiga to‘g‘ri keladimi? Agar imkon bo‘lsa, "Neftchi" va "Navbahor"ning qancha summa qarzdorligi borligi haqida ma’lumot bersangiz?

- Yaxshi savol berdingiz. Hozircha bizda O‘FA reglamentida qarzdorliklar o‘z vaqtida bajarilmasa, jarimalar qo‘llash ko‘rsatilmagan. FIFAda esa bu narsa bor. Ular buni qaror chiqarilgan muddatdan so‘ng chora ko‘rishni boshlaydi. Yangi kuchga kirgan mehnat kodeksida bu narsa ko‘zda tutilgan. Ishchining har bir kech qolgan kuni uchun bank stavkasining 10 foizi belgilangan. Endilikda, futbolchilar oldida klublarda qarz bo‘ladigan bo‘lsa, shu stavka ham o‘rtaga chiqadi.

Neftchi232

- Bu holatni bartaraf etish uchun klublarda qanday imkoniyat bor? Ya’ni, tezroq qarzni uzish orqali transfer taqiqidan qutulib qolish imkoniyati bormi?

- Mazkur vaziyatda klublarda apellatsiya yoki murojaatga hech qanday yo‘l qolmagan. Imkon qadar vaziyatni echimiga erishish lozim. Ana shundagina, qo‘mita klublarga transfer taqiqini olib tashlashi mumkin. Bu erda taqiq reglamentda ko‘rsatilgan qarorni hurmat qilmasligi sababli yuzaga keldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining buyrug‘ini bajarmagani, unga behurmatlik qilgani ham sabab bo‘ldi. Aslida, reglamentga ko‘ra, klublarning O‘FA chiqargan qarorga befarq ekani jarimaga sabab bo‘lishi ham mumkin.

- Yuzaga kelgan holat borasida klub rasmiylari sizlar bilan aloqaga chiqdimi? Ayni damda, vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarish arafasidami? Yoki hali-hamon hech qanday qo‘ng‘iroq bo‘lmadimi?

- Faqatgina “Navbahor” klubi rasmiylari biz bilan bog‘landi. Ular e’tirozlarini bildirishdi. Biz ham ularga huddi shu ko‘rsatmalarni berdik. Biz ancha avval ularga yozma ravishda ogohlantirish berganmiz. Agar o‘sha paytdayoq o‘z vajlarini ko‘rsatishganida, qo‘mitaning yig‘ilishida qatnashganida nimagadir erishish mumkin edi. Asosiy maqsadimiz - futbolchi va klublar mehnat shartnomasidagi professional majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash. Bu taqiqdan hech qanday futbolchi naf ko‘rmaydi. Bu shunchaki, qo‘mita qarorini hurmat qilishga undalgan narsa.

Navbaho234

Avvallari klublarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida etarlicha muddat vaqt berilgan. Endilikda, ishni professional darajada olib borish maqsadida FIFA talabi va reglamentda ko‘rsatilgan bandlar asosida ish olib boriladi. Klublar qarzdorlikni tezroq bartaraf etsa, imkon qadar tez muammoni hal etish imkoni bo‘ladi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev suhbatlashdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
RB
14/05/2023 05:54
Сан кимсан билмадиму лекин тоза уродлигинг аник куриниб турибди .Бу одамларни танамийман,лекин ота онаси сенга нима килди.Сени хам онанг бордир.Бегунох одамларга тил теккизма.Эркак булсанг узига айт.
Dolche& Gabana
14/05/2023 01:19
Эшиттилами хамит актам туронга борармиш!!!!!! Каршили гандон бор шахбоз бегам онаси бе ам деган ушаям отасини оркасидан фаргона томонлага кетиб турон цементни кутини йиртади твар тоталчила! Шахбоз сука кутига караб фол очадиган насафни душмани урод кузинга с......й турткуз инвалид таа что туронни катталари пул топиб акл топмаган экан акли буса бу хамиддан узок туриши керак хамид кизилкумни пулини кутига урган харом булади так что узбекистонда яна битта тотал клуб тугилади кутиб олила
Dolche& Gabana
14/05/2023 00:21
Наманганни демайману лекин бабаянни сикила тункайтириб оегини осмондан килиб группавой килиб сикила наманганлила силага хусуматим йук лекин бу хароми армар силани точно кут килиб кетади так что вакт борида бабадан кутилила атак ростанам кут буб коласила навбахор ростанам гулбахор буб колади