
"Navbahor" "Olimpik"ning 3 nafar a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi, yana 4 futbolchi bilan muzokara olib borilmoqda
Ayni damda O‘zbekistonda qishki transferlar vaqti davom etmoqda va jamoalar bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning o‘z telegram kanalida ma’lum qilishicha, "Navbahor" "Olimpik"ning bir necha futbolisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Yodingizda bo‘lsa, (7 dekabr) ancha avval "Navbahor" jamoasi short listida "Olimpik"ning 5-6 futbolchisi borligini yozgan edim. Ayni damda ularning to‘rttasi bilan kelishuv amalga oshgan. 3 ta futbolchi nomi allaqachon oshkor qilindi. Bular Temur Mamasidiqov, Alisher Odilov, Saidazamat Mirsaidov. Yana 4 futbolchi esa muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Lochinlar" istayotgan to‘rtinchi "Olimpik"chi Ruslanbek Jiyanov xisoblanadi. U ayni damda "Nijniy Novgorod"da deyarli o‘ynamayapti. Ruslan o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun xozirgi jamoasidan ketmoqchi ekanligi xaqida avvalroq yozgan edim. "Sokol"dan ko‘ra OChLda o‘ynaydigan "Navbaxor" yaxshiroq variant ekanligi aniq", deyiladi xabarda.
Fikrlar