"Navbahor" nimaning evaziga "Al Hilol"dan ochko oldi? - Davron Fayzievdan javob

  • 19 sentabr, 2023, 12:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL 1-turida "Navbahor" safarda "Al Hilol" bilan 1:1 hisobidagi durangga erishdi. Ushbu natijadan so‘ng taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida "lochinlar" nimaning evaziga ochko qo‘lga kiritilganiga e’tibor qaratdi.

Tecno

- Taxmin qilganimizdek, "Navbahor" zichlik va intizom evaziga ochko oldi. Qarshi hujumdan foydalandi. To‘g‘ri, Yaxshiboev urganda 3 ochko bo‘lardi. Biroq, "Al Hilol"da ham etarli vaziyatlar bo‘ldi. O‘yin zo‘r bo‘ldi, barchani so‘nggi sekundlargacha hayajonda ushlab turdi. Super yulduzlar ham borini maydonga tashladi. Alohida kimnidir e’tirof etish qiyin, Yusupov qutqardi, Toma gol urdi, Abror zo‘r pas berdi, Jamalar markazni yondirdi, Oston liderlik qildi. To‘rtta himoyachimiz o‘nlab yurishlarni to‘xtatdi. Xullas, jamoaviy mehnat. Buni ichida Babayanni ham aytib o‘tish kerak.

"D" guruhida "Navbahor"da imkoniyat bor. Namangandagi o‘yinlarni kutamiz, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!