"Navbahor" nazorat uchrashuvida qozoq klubini enga olmadi

  • 8 fevral, 2020, 00:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan Namanganning “Navbahor” klubi mazkur yig‘in doirasidagi uchinchi nazorat-sinov bahsini bugun Qozog‘istonning “Jetisu” (Toldiqo‘rg‘on) jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Keskin kurashlar ostida kechgan mazkur o‘yinning birinchi bo‘limida "lochinlar"ning mahoratli yarim himoyachisi Abbos G‘ulomov hisobni ochdi. Biroq keyinchalik toldiqo‘rg‘onliklar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Natijada har ikki jamoa vakillari tanaffusga 1:1 hisobidagi durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki klub tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Natijada o‘yin yanada hujumkor ruhda kechdi.

Ammo yuzaga kelgan xavfli vaziyatlardan foydalana olmaslik natijasida hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Mazkur bahsda “Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O‘tkir Yusupov, Tohir Shamsitdinov, Igor Golban, Xurshid Muxtorov, Mirzohid G‘ofurov, Islom Rashidxonov, Azimjon Ahmedov, George Andronik, Azizbek Turg‘unboev, Abbos G‘ulomov, Didar Durdiev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroev, Obid Jo‘raboev, G‘iyosjon Komilov, Sardor Telyakov, Ivan Solovyov, Amirbek Jo‘raboev, Islom Isoqjonov, Maksim Votinov.

Shu tariqa, Andrey Kanchelskis shogirdlari Turkiyadagi uchinchi nazorat o‘yinida durangga erishishdi.

Eslatib o‘tamiz, namanganliklar oldingi o‘rtoqlik bahslarida Turkmanistonning “Axal” klubini 1:0, Serbiyaning “Rad” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgandi. E’tiborlisi, Abbos G‘ulomov qatorasiga ikkita o‘yindan buyon gol urmoqda.

Ma’lumot uchun, “Navbahor” Turkiyada yana 3ta nazorat-sinov o‘yinlari o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Temur Qodirov
08/02/2020 09:41
Asabni buzmay yenga olmadi demasdan duranga chek qoydi deb aytaveri uzimi butun saytla va boshqa klublar navbaxor xaqida juda chiroyli yozisizlar a qoyilim poytaxt klublariga bunaq keskin sarlavha ostida yozolmaysilar yozaolaysizlarxamda qalamina uchi sinip qoladi
Muhammad Rahmatillaev
08/02/2020 08:50
Навбахорга омад ёр бўлсин.