"Navbahor" durang o‘ynadi, gruziyalik legionerga esa javob berildi

  • 12 fevral, 2020, 23:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Navbahor” jamoasida selektsiya ishlari hamda nazorat uchrashuvlari davom etmoqda. Rejaga muvofiq namanganliklar 12 fevralda Ukrainaning “Kolos” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Lekin mazkur bahsda darvozalar dahlsiz qoldi – 0:0. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

“Navbahor” tarkibida maydonga tushganlar: O‘tkir Yusupov, Tornike Jimsheleishvili, Igor Golban, Xurshid Muxtorov, Amirbek Jo‘raboev, Mirzohid G‘ofurov, Islom Rashidxonov, Ivan Solovyov, Abbos G‘ulomov, Aziz Turg‘unboev, Zabihillo O‘rinboev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirkomil Lokaev, G‘iyos Komilov, Ruslan Bolov, Javlon Ibrohimov, Islom Isoqjonov, Abdulhay Ismoilov.

Tarkibga e’tibor bergan bo‘lsangiz, bir qator yangi futbolchilarni murabbiylar sinovdan o‘tkazishmoqda. Gruziyalik futbolchi Tornike Jimsheleishvili ham sinovdan o‘tkazish uchun taklif qilingandi. Ammo uning “Kolos”ga qarshi o‘yinidan keyin murabbiylar ushbu legionerga javob berib yubordilar. Shuningdek, tarkibga Samarqandning “Dinamo” klubidan himoyachi Mirkomil Lokaev jalb etilgan. Hozircha u ko‘rikdan o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” chempionatning dastlabki turini 27 fevral kuni Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazadi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shox Farxadovich
13/02/2020 08:18
Бу таркиб билан 7 урини олсаям катта гап
SHAXBOZ Bekmurodov
13/02/2020 09:40
Tarkib abtemal ko‘rinishda, bollarni saviyasi ancha yaxshi
Bieinchi turda Soxtakorlarni yutadi degan umiddaman

Ma'shal Nasaf muhlesi
&
Пахтакор бос
13/02/2020 10:10
Долбоёб!