
"Navbahor" Andrey Kanchelskis bilan qancha muddatga shartnoma imzolaydi?
Ayni paytda Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda "Navbahor" klubiga yangi bosh murabbiy Andrey Kanchelskisning tanishtiruv marosimi o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, ushbu marosimda viloyat hokimi Hayrulla Bozorov rossiyalik mutaxassis bilan qancha muddatga shartnoma imzolanishini ham ma’lum qildi. Unga ko‘ra tomonlar o‘zaro 3 yillik shartnoma imzolashadi.
Eslatib o‘tamiz, Kanchelskis bir necha oy avval ma’lum sabablarga ko‘ra "lochinlar" boshqaruvini tark etishga majbur bo‘lgandi. Uning o‘rniga olib kelingan Deyan Jurjevich ishonchni oqlamagach, yana Kanchelskis Namanganga qaytarildi.
Fikrlar