Navas "Real" rahbariyatidan transferini tezlashtirishni so‘radi

  • 22 avgust, 2019, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas joriy yozgi transferlar davrida jamoasini tark etmoqchi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kosta-rikalik posbon klub rahbariyatidan o‘zini boshqa jamoaga transfer qilish masalasini tezroq ko‘rib chiqishni so‘ragan. U mavsum davomida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, agar Navas Madridda qolsa Tibo Kurtuadan so‘ng ikkinchi raqamli darvozabonga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Navasga PSJdan qizqishlar bo‘layotgan edi. Biroq, Frantsiya chempioni keyinchalik bor e’tiborini nisbatan ancha yoshroq bo‘lgan “Milan” posboni Janluiji Donnarummagaga qaratdi.

Ma’lumot uchun, “Real” Keylor Navasni 2014 yil “Levante”dan 10 million evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!