
"Nasaf"ning bugungi o‘yin uchun kengaytirilgan ro‘yxatidan kimlar joy oldi?
Bugun Coca-Cola Superliganing 2-tur bahslariga start beriladi. O‘tgan turda Namanganda “Navbahor” bilan durang o‘ynab qaytgan “Nasaf” jamoasi o‘z uyida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi. Bekobodliklar ilk turda AGMK ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev bugungi uchrashuvga jamoasini jiddiy tayyorlamoqda. Klub matbuot xizmati 22 nafar o‘yinchidan iborat kengaytirilgan ro‘yxatni e’lon qildi.
Aytish mumkinki, jamoa jangovar holatda. Demak, Qarshidagi uchrashuvda o‘ta qiziqarli qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Fikrlar