
“Nasaf” – “Andijon”. "Burgutlar" Qarshidagi qora an’anaga chek qo‘ya olishadimi?
18 oktyabr kuni Superliganing 22-turiga start beriladi. “Nasaf” ushbu turda o‘z maydonida “Andijon” jamoasini qabul qiladi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 37 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlarning” ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 23 uchrashuvda “Nasaf”, 6 o‘yinda esa “Andijon” g‘alabaga erishgan. 8 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.
To‘plar nisbati 85:46 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Andijon” 8:1, “Andijon” – “Nasaf” 6:0.
Qarshiliklar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni shu yilning 18 aprel kuni Andijonda o‘tkazgan. Bu uchrashuv 3:1 hisobida andijonliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan.
Qarshidagi o‘zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 18 bor kuch sinashishgan. 16 uchrashuvda jamoamiz g‘alaba qozongan. 1 uchrashuvda durang qayd etilgan va 1 uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 79 ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 60:19.
E’tiboringizga, Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.
28.04.2016
Nasaf – Andijon 3:0
12.03.2015
Nasaf – Andijon 3:1
01.10.2014
Nasaf – Andijon 3:0
22.04.2012
Nasaf – Andijon 4:0
06.03.2011
Nasaf – Andijon 2:0
Ma’lumot uchun, “Nasaf” – “Andijon” uchrashuvi 19 oktyabr shanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.
Fikrlar