"Nasaf" tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini yakunladi

  • 28 dekabr, 2022, 20:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Ajdarlar» bugun yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Buxoroning «Buxoro» jamoasi bilan kuch sinashdi. Dastlabki bellashuvda vakillarimiz 5:1 hisobida yirik g‘alaba qozonishdi.

Tecno

Uchrashuvda dastlab hisobni mehmonlar futbolchisi Rustam Abduhamidov ochdi.  Mehmonlarning yagona goliga Oybek Bozorov, Bahrom Abdirahimov, Husniddin Aliqulov (2 ta) va G‘olib G‘aybullaevlar o‘z gollari bilan javob berishdi.

Ikkinchi uchrashuvda ham vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi har ikkala golga Bobir Abdixoliqov mualliflik qildi.

Shu bilan «ajdarlar» kichik tanaffusga chiqishdi.  Jamoamiz a’zolari 4 yanvar kuni Qarshidagi qarorgohlarida yig‘ilib, tayyorgarlikni davom ettirishadi.

«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсунов Рамазон
28/12/2022 21:36
Бобирни Насафга олиб колиш керак сабаби Осие чемпиенлар лигасига ас котатади. Узбек футболи учун хам урин керакку Насага ёрдам бериш керак Насаф Узбек фахрику .