"Nasaf" legionerlari bayram tadbirida qatnashishmadi. Chunki...

  • 5 dekabr, 2021, 20:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi finalida irodali ravishda “Paxtakor”ni mag‘lubiyatga uchratgan “Nasaf” qahramonlari bugun Qarshida g‘alabani muxlislari bilan birgalikda nishonladi.

Tecno

Avtobusda shahar bo‘ylab sayr qilindi va markaziy stadionda ishqibozlari qarshisida bayram davom etdi. Mana shunday yuqori kayfiyatda davom etgan tadbirda “Nasaf”ning hamma o‘yinchilari ham bilan ishtirok etmadi.

Jumladan, klubning serbiyalik legionerlari – Marko Stanoevich hamda Adrian Kaluderovich Samarqanddagi uchrashuvdan keyin uyga – Serbiyaga qaytib ketishgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Stanoevich Sports.uz muxbiriga aytdi. Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, ushbu futbolchilarning shartnomalari tugayapti. Tez orada barcha masalaga oydinlik kiritiladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/12/2021 21:10
kecha Nasaf leganerlarsiz jamoa asosiy uyinchilarisiz shunoqa uynadi ayni Husniddin Oybek uynamadi Marko uynamadi lekin Nasaf usha usha. dahshad lekin borki. haqiqatdan Halq Jamoasi. bu kamanda
&
05/12/2021 22:05
Halq deb 48ta qarshilikni aytvossizmi oka oʻzbekostonda titul yutoladigan Osiyo komandalari hisoblashadigan kamanda yoʻq
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/12/2021 08:25
kamanda sovrin yutsa zur bulmaydi. lekin maydonga fudbol uynaydigan va uz akademiya bolalari bilan natija kursatkan kamanda. butun Viloyatlarni muhlislarini katta kichik bir hil qalbini zap etkan kamanda. qushni davlatlarni muhlislarini qalbidan joy olgan kamanda. Halq jamoasi deyiladi.