
"Nasaf" - AGMK: Jamoalar kubokda 3-bor to‘qnash kelmoqda. Hozirgacha statistika qanday?
13 oktyabr kuni O‘zbekiston Kubogi yarim final bosqichiga start beriladi.
“Ajdarlar” Qarshida Olmaliqning AGMK jamoasi bilan Buxoro yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bellashadi.
Jamoalar yarim finalda uchinchi bor ro‘baro‘ kelmoqda. Har bir jamoada bittadan g‘alaba mavjud. O‘tgan mavsumda Olmaliqda kechgan yarim final bellashuvida Berdiev jamoasi dramatik kechgan uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqqan edi. Uchrashuvda gollarni Alibek Davronov va Andrey Kaluderovichlar kiritgandi.
13 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan bellashuvga ham barcha muxlislarni “Markaziy”ga chorlab qolamiz. Uchrashuv 19:30 da boshlanadi.
“Nasaf” klubi matbuot xizmati
Fikrlar