
"Napoli"ning ikki etakchisi "Inter"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mezbonlar hujumchisi Dris Mertens son mushaklaridan olgan jarohati bois mazkur bellashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. U ayni damda Belgiyada bo‘lib turibdi va hafta o‘rtasida Neapolga qaytadi.
Shuningdek, "Napoli" himoyachilari Kalidu Kulibali va Nikola Maksimovichlar ham bo‘lajak uchrashuvda neapolliklarga yordam bera olmaydi.
Fikrlar