
“Napoli” yulduzi “Chelsi”ni mensimadi
“Napoli” to‘purari Dris Mertens yaqinda “Chelsi” taklifini rad etgani oshkor bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” hujum chizig‘idagi raqobatni kuchaytirish uchun qishki transferlar vaqtida 33 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istagan.
Biroq, Neapol shahrida o‘zini baxti his qilayotgan Dris Mertens vaziyatni o‘zgartirishga ko‘nmagan. U 2022 yilning yozida tugaydigan shartnomasining oxirigi kunigacha “Napoli” sharafini himoya qilmoqchi ekanini bildirdi.
Dris Merten joriy mavsumda A Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar