
"Napoli" yanvarda "Barselona" yoki "Chelsi" futbolchisidan birini tarkibga qo‘shib olmoqchi
"Napoli" rahbariyati tarkibni kuchaytira oladigan 2 ta chap qanot himoyachisini ko‘z ostiga olib qo‘ydi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, neapolliklar qishki transferlar davrida "Barselona" himoyachisi Xunior Firpo yoki "Chelsi" himoyachisi Emersonni ijaraga olmoqchi. Ammo “Napoli” ushbu futbolchilarni qo‘lga kiritish uchun birinchi navbatda ayrim futbolchilarni transferga qo‘yishi lozim.
Firpo joriy mavsum La Ligada 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. Emerson ham APLda 2 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar