"Napoli" sport direktori Ronaldu borasidagi mish-mishlarga to‘xtaldi
"Napoli" sport direktori Krishtianu Juntoli neapolliklar klubi yozda "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchiligi borasida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Buni aytganimdan afsusdaman, lekin yozgi transfer oynasi paytida biz "Manchester Yunayted" bilan Krishtianu Ronalduning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga ham ulgurmagan edik", - deya Juntolining so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitter sahifasida.
Oldinroq OAV hujumchining Italiya klubiga ijara asosida o‘tishi mumkinligi haqida xabar qilgandi.



Fikrlar