
"Napoli" safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
Italiya A Seriyasining 35-turida “Napoli” safarda “Spetsiya”ga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu o‘yin gollarga boy kechdi. Yakunda esa 1:4 hisobida neapolliklarning qo‘li baland keldi. “Napoli”ga g‘alaba keltirgan gollarni Petr Zelinskiy (15'), Viktor Osimxen (23', 44') va Irving Losano (79') kiritgan bo‘lsa, “Spetsiya”ning yagona javob goliga Roberto Pikkoli (64') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar