
"Napoli" prezidenti A Seriya to‘purarining kelajagi bilan astoydil shug‘ullanmoqda
"Napoli" rahbariyati "Chelsi", "Bavariya" va PSJ da’vogarlik qilayotgan hujumchisi Viktor Osimxenni tarkibda saqlab qolish niyatida.
Hozircha 24 yoshli hujumchi uchun rasmiy takliflar bo‘lgani yo‘q. Biroq Calciomercato nashrining xabar berishicha, neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis nigeriyalik futbolchi uchun kamida 160 million evro talab qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, De Laurentis Osimxenning maoshini sezilarli darajada oshirish bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda uning maoshi yiliga 4,5 million dollarni tashkil qiladi.
“Napoli” prezidenti yangi shartnomaga 160 million evrolik tovon pulini ham kiritishni rejalashtirmoqda.
Hujumchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. U joriy mavsum A Seriyada 31 ta o‘yinda 25 ta gol urdi va chempionat to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar