Namanganda yosh poygachilar bellashishdi (fotoreportaj)

  • 15 aprel, 2019, 11:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Avto/Moto
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan Uchqo‘rg‘on tumanidagi kartadromda Karting bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligining 2-boskichi o‘tkazildi. Musobakada Namangan shahri va tumanlaridan, shuningdek Toshkent shaxri va viloyati, Navoiy, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan hamda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan 8 yoshdan katta bo‘lgan (4 nafar kizlar) jami 76 nafar sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra 1-o‘rin Uychi tuman jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin To‘raqo‘rg‘on tumani, 3-o‘rin esa Norin tumani jamoasiga nasib etdi. G‘oliblarga "Vatanparvar" tashkilotining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!