Namanganda vodiy derbisi. "Qo‘qon-1912" 3 yildan beri "Navbahor" maydonida yutqazmayapti

  • 16 mart, 2022, 09:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasi 3-turidan o‘rin olgan  “Navbahor”  – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi  17 mart  kuni Namangan shahridagi “Markaziy”  stadionida bo‘lib o‘tadi. “Vodiy derbisi” oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar

“Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 32 bor kuch sinashishgan. 8 ta uchrashuvda “Qo‘qon-1912”ning qo‘li baland kelgan. “Navbahor” 17 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 7 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 60-36. “Navbahor” o‘zaro o‘yinlarda 58 ochkoga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912” esa 31 ochkoni qo‘lga kiritgan.
So‘nggi bor bu jamoalar 2021 yilning 27 noyabr sanasida, Superliganing 26-turi doirasida uchrashishgan. Namangandan bo‘lib o‘tgan o‘sha o‘yinda ”shunqorlar” 2:3 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

aa kukon11111

Ushbu jamoalarning so‘nggi 7 ta uchrashuvda qayd etilgan natijalari bilan tanishing:

27.11.2021 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 2:3

01.08.2021 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:2

03.12.2020 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:1

28.08.2020 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 0:1

01.12.2019 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:1

10.03.2019 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 1:1

31.03.2018 Qo‘qon 1912 – Navbahor – 1:0

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
16/03/2022 11:54
Бу йил ку'кон навбахорга сафарда хам уйида хам ютказади .олимпик устидан к,озонилган охирги галаба бу'либ к,олади