Namangan viloyatida noqonuniy tarzda faoliyat yuritayotgan yakkakurash federatsiyalari faoliyatiga chek qo‘yildi

CHERY AUTO

Sharq yakkakurash va jang san’ati markazi bilan hamkorlikda ichki ishlar boshqarmasi hamda hukumat organlari tomonidan uyushmagan yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni yo‘q qilish, ularni sport bilan band etish masalasiga bag‘ishlangan tadbirlar butun viloyatlar bo‘ylab amalga oshirilayotgani borasida saytimiz orqali xabar bergandik. Dastlab, Farg‘ona so‘ngra Andijonda o‘tkazilgan ushbu tadbir, Namangan viloyatida ham yuqori darajada tashkil etildi. Sharq yakkakurashlari va jang san’ati markazi nomidan K-1 federatsiyasi rahbari Jasur Ne’matov o‘zining dolzarb g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi. Ya’ni mehribonlik uylarida yoshlarni sportga jalb qilish barobarida tajribali murabbiylar bilan ta’minlash borasidagi fikrni ilgari surdi. Mazkur tadbirda ishtirok etgan Namangan huquqni muhofaza qilish organlari, Yoshlar ittifoqi, Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Adliya vazirligi, viloyat hokimligi hamda yakkakurash turlari federatsiyalari bu hayrli maqsadni qo‘llab-quvvatladilar. Qolaversa, kun tartibidan viloyatda noqonuniy tarzda faoliyat olib borayotgan yakkakurash turlari federatsiyalari ya’ni, ro‘yxatdan o‘tmagan tarzda janglar uyushtiriyotganliklari uchun huquqni muhofaza qilish organlari yordamida chora-tadbirlar ko‘rish ham o‘rin oldi. Bu borada ham ushbu holatga aloqador bo‘lgan shaxslarga vakolat doirasida tegishli tushuntirishlar olib borildi. Bir so‘z bilan aytganda Namangan viloyatidagi tadbir ham ko‘zlanganidan ziyoda bo‘ldi.

Tecno

Navbatdagi tadbir Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadi.

photo_2019-10-12_14-49-03

photo_2019-10-12_14-49-01

photo_2019-10-14_12-47-15photo_2019-10-12_14-48-59

photo_2019-10-14_11-36-40

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!