Namangan viloyati hokimi: Qachongacha "Navbahor" yutqazib qo‘ysa, motam tutib yuramiz

  • 17 mart, 2021, 14:09
  • 2
  • MMA
CHERY AUTO

Kecha Namangan shahrida joylashgan "Pahlavon" sport majmuasida aralash jang san’atlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnir avvalida so‘z olgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov quyidagi fikrlarni bildirdi:

Tecno

"Avvalo, barchangizni kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. Bu kabi musobaqalar nasib etsa, kelgusida ko‘p bor tashkil etiladi. Biz Murodjon (Xonto‘raev) bilan Namanganni MMA sportining markaziga aylantirish borasida gaplashib oldik. 

Qachongacha "Navbahor" yutqazsa, motam tutib yuramiz?! Viloyatimizda aralash jang san’atlari sport turi rivoji uchun kerakli sharoitlarni yarata olamiz. Bir qator tadbirkorlar shaxsan o‘zimga sport majmualari barpo etish taklifi bilan murojaat etgandi. Endi bu masalaga jiddiy e’tibor qaratamiz", - dedi viloyat hokimi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
TV TV
17/03/2021 14:37
Навбахорни нима дахли бор энди бунга.
&
Ramzis ll
17/03/2021 14:24
Navbahor muxlislarini odam urishtirishga qiziqtirishmoqchimi