
Nahotki! Messi va Ronaldu bir jamoada to‘p tepishi mumkin
"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronaldu PSJga o‘tishi mumkin.
"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, parijliklar klubi 37 yoshli portugaliyalikni qishki transfer oynasiga sotib olishdan manfaatdor.
Shu bilan birga, PSJ futbol maslahatchisi Luis Kampos ehtimoliy kelishuvdan xavotirda. Boisi, hujumchining 37 yoshda va bu klubning hozirgi g‘oyasiga to‘g‘ri kelmaydi.
Shu bilan birga, "Chelsi", xususan, klub xo‘jayini Todd Boeli ham Ronalduni xarid qilishga qarshi emas. Londonliklar yozda hujumchini sotib olmoqchi edi, ammo transfer amalga oshmay qoldi.
Fikrlar