
MYuning uch futbolchisi bir jamoaga o‘tadi
“Nyukasl” bosh murabbiyi Stiv Bryus qishki transferlar vaqtida “Manchester Yunayted”ning uch nafar futbolchisini ijaraga olmoqchi.
Sulsher ishonch bildirmayotgan hujumkor yarim himoyachi Jessi Lingard, himoyachilar Fil Jons va Brendon Uilyams “qarg‘alar” tarkibiga qo‘shilishi kutilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, klublar muzokaralarni boshlab yuborgan va yanvar oxirida bu transfer rasman e’lon qilinishi mumkin. Hozircha, kelishuvning moliyaviy ma’lumotlari sir tutilmoqda.
Fikrlar