
MYuning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
“Manchester Yunayted” o‘zining rasmiy saytida yakunlanib borayotgan 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Brunu Fernandesh “qizil iblislar”ning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan.
“U bizning sayyoradan emas”, - deb yoziladi klub xabarida.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum APLda 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol yozdirib qo‘ydi. Bundan tashqari, evrokuboklarda 9 ta o‘yinda ishtirok etib, jamoasining 16 ta goliga assistentlik qildi.
Brunu bir mavsumda yarim himoyachilar o‘rtasida ingliz jamoalarida eng ko‘p gol urish bo‘yicha Frenk Lempard tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. “Chelsi” afsonasi 2009/10 yilgi mavsumda raqiblari darvozasiga 27 ta gol urgan bo‘lsa, Fernandeshning gollari soni 28 taga etdi.
Fikrlar