
MYuning asosiy himoyachilaridan biri EChLda 2ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Aaron Uan-Bissaka UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2 ta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Gap shundaki, angliyalik futbolchi EChL guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan "Yang Boyz"ga qarshi o‘yinda hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolangan va maydondan chetlatilgan edi. MYu esa ushbu bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Endi "qizil iblislar"ning asosiy himoyachilaridan biri bugun guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
“Manchester Yunayted” – “Vilyarreal” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
MYuning EChLdagi keyingi o‘yini 20 oktyabr kuni "Atalanta"ga qarshi bo‘ladi.
Fikrlar