
Myuller "Bavariya" bilan xayrlashmoqchi
"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller mavsum so‘nggida jamoani tark etish haqda o‘ylayapti, deya xabar tarqatdi "BILD" nashri. U so‘nggi paytlar kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi va 16 yillik faoliyatidan keyin myunxenliklar bilan xayrlashmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, Myuller futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi emas. U yana bir mavsum sovrinlar uchun kurashadigan jamoa safiga borib qo‘shilishni istaydi.
33 yoshli nemisning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Myullerning keyingi manzili hozircha aniq emas.
Fikrlar