
MYu va "Inter" Evropa chempioni uchun raqobatlashadi
"Manchester Yunayted" va "Inter" klublari "Napoli" yarim himoyachisi Lorentso Insine uchun kurash boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, Angliya va Italiya grandlari 30 yoshli italiyalik futbolchini kelasi yozda, ya’ni uning neapolliklar bilan shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shu tariqa, Insine yangi jamoasiga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Joriy mavsum 30 yoshli Insine "Napoli" safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar