
MYu sobiq sardori Ronaldino ortidan borishi mumkin
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Antoni Valensiya faoliyatini Meksikada davom ettirishi mumkin. Qayd etilishicha, 35 yoshli xavbek uchun Ronaldinoning sobiq klubi "Keretaro" qiziqish bildirmoqda.
"Qizil iblislar" safida 2009 yildan 2018 yilgacha to‘p surgan ekvadorlik futbolchi so‘nggi mavsumda jamoa sardori bo‘lgan edi.
O‘tgan mavsum yakunida "LDU Kito" klubini tark etgan Valensiya ayni damda erkin agent maqomida. "Keretaro" klubi esa, Meksika chempionatida 17-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar