
MYu sobiq futbolchisi APL klubini boshqarishi mumkin
Hozirda "Midlsbro" klubida bosh murabbiylik qilayotgan "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Maykl Karrik APL klubini boshqarishi mumkin.
"Vest Xem" yaqin orada iste’foga chiqishi ehtimoli yuqori bo‘lgan Xulen Lopetegining o‘rnini bosuvchi nomzodlarni o‘rganishda davom etmoqda. Mirror nashrining xabar berishicha, Chempionshipdagi "Midlsbro" klubini boshqarayotgan Karrik nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shilgan.
"Bolg‘achilar"ning "Vulverxempton"ga qarshi bo‘lajak o‘yini Lopetegi uchun oxirgi bo‘lishi mumkin. Agar jamoa mag‘lubiyatga uchrasa, ispaniyalik murabbiy ishini saqlab qolishi qiyin bo‘ladi.
Maykl Karrik 2022 yil oktyabr oyidan buyon "Midlsbro" jamoasini boshqarib kelmoqda. Hozirgi paytda jamoa Chempionshipning turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 43 yoshli mutaxassis "bolg‘achilar" safida ham to‘p surgan.
Fikrlar