
MYu skautlari "Atalanta" futbolchilarini kuzatib borishmoqda
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi skautlari o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan "Milan" – "Atalanta" uchrashuvida kuzatilgan. Bu haqda "Quotidiano Sportivo" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, skautlar "Atalanta" safidagi uch nafar futbolchini — Ademola Lukman, Mateo Retegi va Edersonni ko‘zdan kechirishgan. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi bo‘lgan Ederson eng katta taassurot qoldirgan. U "Manchester Yunayted" kuchayishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga Liam Delap va Mateus Kunya bilan birga kiritilgan. Hozirda Lukman va Retegini sotib olish masalasi ikkinchi darajadagi variant sifatida ko‘rilmoqda.
Joriy mavsumda markaziy yarim himoyachi sifatida to‘p surayotgan 25 yoshli Ederson 44 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar