
MYu yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
“Manchester Yunayted” klubi o‘zining rasmiy saytida markaziy himoyachisi Maks Teylor bilan shartnomani uzaytirganini rasman e’lon qildi.
Mankunianliklar 20 yoshli ingliz futbolchisi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirishgan.
Teylor joriy mavsumning ikkinchi yarmini Angliya 7-divizioni vakili hisoblangan “Steylibrij Seltik” klubi safida ijarada o‘tkazdi.
Ta’kidlash lozimki, Maks 2018 yilda saratonga chalingan edi. Ammo, u bu dardni engib chiqdi.
Fikrlar