
MYu Reshfordning maoshini 4 karra oshirmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Markus Reshfordni saqlab qolmoqchi va uni har qanday mablag‘ evaziga sotmoqchi emas.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” buning uchun 21 yoshli angliyalik futbolchining maoshini 4 karra oshirishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, uning ayni damdagi maoshi 4,5 mln evroni tashkil etadi. Agar, Reshford yangi kelishuvni imzolasa, uning maoshi 18 mln evroga etadi va u Aleksis Sanchesdan so‘ng MYuning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 5ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 15ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar